Inkorporatsion Amaliy topshiriqlar

Applikatsiya usulidan foydalanib «Xonqizi» yasash texnologiyasi

Rangli qogʻozdan ishlash ketma-ketligi, har bosqichning tasviri va video lavhasi hamda kerakli ish anjomlari — bitta jadvalda.

  • 12 bosqich
  • 11 ta video
  • applikatsiya
  • 1–4 sinf
Instruksion texnologik xarita

Yasash bosqichlari

Ishni bajarish ketma-ketligi Ishni bajarish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar tasviri Video Anjomlar
1 Kerakli ish anjomlarini tayyorlash. Ishni boshlashdan oldin qizil, qora va oq rangli qogʻozlar, qaychi, yelim, qalam, marker, chizgʻich, aylana qoliplari hamda boshqa zarur ish qurollari ish joyiga tartibli ravishda tayyorlab qoʻyiladi.
2 Qizil rangli doiralarni tayyorlash. Qizil rangli qogʻozga katta aylana qolipi yordamida bir xil oʻlchamdagi ikkita doira chiziladi. Kerakli qoʻshimcha doira shakllari ham belgilanib, chiziqlar boʻylab ehtiyotkorlik bilan qirqib olinadi.
3 Qora rangli tana qismlarini tayyorlash. Qora rangli qogʻozga xonqizining tana va bosh qismlari uchun zarur boʻlgan katta va kichik doiralar belgilanadi. Belgilangan shakllar qaychi yordamida aniq qirqib olinadi.
4 Qanotlarni buklash va tana qismiga biriktirish. Tayyorlangan ikkita qizil doira teng ikkiga buklanadi. Buklama chizigʻi aniq hosil qilinib, qanotlar tana qismining chap va oʻng tomoniga simmetrik joylashtiriladi hamda yelim yordamida mahkamlanadi.
5 Qora tana va bosh qismini mustahkamlash. Qora rangli tana hamda bosh qismlari kompozitsiyadagi belgilangan oʻrniga joylashtiriladi. Qismlarning oʻzaro mutanosib va simmetrik holatda boʻlishiga eʼtibor berilib, yelim yordamida ehtiyotkorlik bilan biriktiriladi.
6 Koʻz va moʻylovlarni tayyorlash. Oq rangli qogʻozdan koʻzlar uchun kichik doiralar qirqib olinadi yoki tayyor koʻzchalar tanlanadi. Koʻzlar bosh qismiga simmetrik joylashtiriladi. Qora qogʻozdan xonqizining ikki tomonlama moʻylovlari tayyorlanadi.
7 Qanotlarni qora nuqtalar bilan bezash. Qora rangli qogʻozdan bir xil yoki yaqin oʻlchamdagi kichik doirachalar tayyorlanadi. Ular qizil qanotlarning yuzasiga tartibli va simmetrik ravishda joylashtirilib, yelim yordamida yopishtiriladi.
8 Asosiy kompozitsiyani tekshirish. Tayyorlangan xonqizi aplikatsiyasining tana, qanot va bezak qismlari oʻzaro mosligi tekshiriladi. Qanotlarning simmetrik joylashuvi, qora nuqtalarning tartibi va detallarining mustahkamligi nazorat qilinadi.
9 Moʻylov shaklini chizish. Qora rangli qogʻoz ikkiga buklanadi. Buklangan qogʻozning bir tomoniga xonqizining moʻylovi uchun egri, yoy shaklidagi kontur chiziladi. Buklama usulidan foydalanish natijasida ikki tomonlama, bir xil va simmetrik moʻylov shakli hosil qilinadi.
10 Moʻylovlarni qirqib olish. Buklangan qora qogʻozda chizilgan moʻylov konturi boʻylab qaychi bilan ehtiyotkorlik bilan qirqiladi. Qogʻoz ochilganda oʻlchami va shakli bir xil boʻlgan ikkita simmetrik moʻylov hosil qilinadi.
11 Moʻylovlarni xonqiziga biriktirish. Tayyorlangan ikkita qora moʻylov xonqizining bosh qismiga ikki tomondan simmetrik joylashtiriladi. Ularning yoʻnalishi bir xil boʻlishiga eʼtibor berilib, yelim yordamida mustahkam biriktiriladi.
12 Koʻzchalarni joylashtirish va ishni yakunlash. Tayyor koʻzchalar bosh qismiga oʻzaro teng masofada va simmetrik tarzda yopishtiriladi. Barcha detallar tekshiriladi, ortiqcha yelim izlari tozalanadi va tayyor xonqizi aplikatsiyasining estetik koʻrinishi baholanadi.

Xulosa

Xonqizi applikatsiyasini tayyorlash jarayonida oʻquvchilarda qogʻoz bilan ishlash, geometrik shakllarni aniq chizish va qirqish, detallarni simmetrik joylashtirish hamda yopishtirish koʻnikmalari rivojlanadi. Bu amaliy faoliyat oʻquvchilarning mayda motorikasi, ijodiy fikrlashi, diqqat-eʼtibori, estetik didi va konstruktorlik qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Jarayon davomida mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, ish qurollaridan toʻgʻri foydalanish va ish joyini ozoda saqlash malakalari ham mustahkamlanadi.